2025-yilning yanvar-aprel oylarida Sirdaryo viloyatida oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan 15,1 mln AQSH dollari qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 56,5 % ga ko‘paydi va jami eksportdagi ulushi 17,6 % ni tashkil etdi.