02/06/2025

   Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yilning yanvar-aprel oylarida xorijga qiymati 39,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 103,7  ming tonna karam eksport qilgan.

   O‘zbekiston 2025-yilning 4 oyida eng ko‘p karam eksport qilgan davlatlar:

   Rossiya – 69,7 ming tonna

   Qozog‘iston – 22,6 ming tonna

   Qirg‘iz Respublikasi – 6 ming tonna

   Belarus – 3,3 ming tonna

   Latviya – 1,3 ming tonna

   boshqa davlatlar – 0,8 ming tonna