Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida jami 2,1 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 404,5 ming nafarga yoki 23,6 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-aprel oylarida chet elga borgan O‘zbekiston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
qarindoshlarni yo‘qlash – 1,7 mln nafar
sayyohlik – 399,1 ming nafar
davolanish – 15,2 ming nafar
o‘qish – 9,9 ming nafar
xizmat yuzasidan – 4,7 ming nafar