Joriy yilning 1-2-iyun kunlari boshqarmaning Sirdaryo viloyati Kasaba uyushmasi kengashi tomonidan tashkil qilingan “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil” dasturi asosidagi turizm sayohati uyushtirildi. Unda viloyat korxona va tashkilotlari xodimlari bilan birgalikda boshqarma xodimlaridan A.Mamatqobilov va M.Egamovlar xam yurtimizning bebaho qadriyatlari va ziyoratgohlari jam boʻlgan go‘zal Samarqand boʻylab sayohat qilishdi.
Sayohat davomida qadimiy va tarixiy Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari, ziyoratgohlari, tarixiy va meʼmoriy obidalari, shuningdek, shaharda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik va obodonchilik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Samarqand shahriga uyushtirilgan ushbu sayohat xodimlar uchun maroqli xordiq va esda qolarli ko‘ngil ochar kun bo‘ldi.