Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida jami 11,1 ming nafar Italiya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,1 ming nafarga yoki 11,3 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Italiya fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
sayyohlik – 10 471 nafar
qarindoshlarni yo‘qlash – 385 nafar
xizmat yuzasidan – 247 nafar
o‘qish – 34 nafar