Joriy yilning 11-iyun kuni viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi “Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida hamda oʻrmonlarni boshqarish tizimida islohotlarni izchil davom ettirish, yashil hududlarni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-90-sonli Farmoni mazmuni va mohiyati boʻyicha oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Unda mazkur Farmon bilan 2025-yil 1-yanvardan boshlab belgilangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilayotgan daraxt va buta koʻkaruvchanligi, yashovchanligi, kasallik va zararkunandalarga chidamliligini oshirishning maqsadli koʻrsatkichlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.