Joriy yilning 13-iyun kuni viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari mustaqilligini taʼminlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-147-sonli qarori mazmuni va mohiyati boʻyicha oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Unda, mazkur hujjat bilan belgilangan davlat organlari va tashkilotlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlaridagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalarining ustuvor vazifalari toʻgʻrisida soʻz yuritildi. Oʻquv mashgʻuloti savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi.