19/06/2025

   Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida jami 22,4 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Misrga safar qilgan.

   Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 11,6 ming nafarga yoki 2,1 barobarga oshgan.

   Joriy yilning yanvar-aprel oylarida Misrga borgan O‘zbekiston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:

   sayyohlik – 19 589 nafar

   qarindoshlarni yo‘qlash – 2 776 nafar

   davolanish – 58 nafar

   xizmat yuzasidan – 7 nafar

   o‘qish – 5 nafar