19/06/2025

   2025-yilning 1-may holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 11 519 tani tashkil etib, 81,6 foizini (9 403 tani) kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.

   Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:

   Guliston shahri – 2 855 ta

   Sirdaryo tumani – 1 439 ta

   Boyovut tumani – 1 054 ta

   Sardoba tumani –  1 022 ta

   Mirzaobod tumani – 984 ta

   Yangiyer shahri – 830 ta

   Guliston tumani – 820 ta

   Sayxunobod tumani – 806 ta

   Oqoltin tumani – 743 ta

   Xovos tumani – 689 ta

   Shirin shahri – 277 ta