09/07/2025

   Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-may oylarida xorijdan qiymati 159 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 1 562,2 ming dona mobil telefon import qilingan.

   Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 37,8 ming dona yoki 2,5 % ga oshgan.

   O‘zbekistonga 2025-yilning 5 oyida eng ko‘p mobil telefon yetkazib bergan davlatlar:

   Xitoy – 1 193,9 ming dona;

   Vyetnam – 304,5 ming dona;

   BAA – 47,3 ming dona;

   Hindiston – 15,6 ming dona;

   Boshqa davlatlar – 0,9 ming dona.