11/07/2025

   Qo‘mitamizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va mehnatkashlar salomatligini muhofaza qilish maqsadida xodimlar uchun navbatdagi tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Tadbir reja asosida o‘tkazilib, barcha bo‘lim va xizmat xodimlari qamrab olindi.

 

    Tibbiy ko‘rik jarayonida ishchilarning umumiy salomatligi, kasbiy kasalliklarning oldini olish va profilaktik chora-tadbirlar yuzasidan tavsiyalar berildi. Mutaxassis shifokorlar tomonidan konsultatsiyalar va muolajalar bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.

    Bunday tadbirlar xodimlar farovonligini oshirish, mehnat unumdorligini ta’minlash va sog‘lom ish muhitini shakllantirishga xizmat qiladi. Qo‘mitamiz jamoasi kelgusida ham xodimlar salomatligini asrash borasida tizimli ishlarni davom ettiradi.