2025-yilning 1-iyun holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 11 763 tani tashkil etib, 82,0 foizini (9 643 tani) kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.
Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:
Guliston shahri – 2 946 ta
Sirdaryo tumani – 1 445 ta
Boyovut tumani – 1 080 ta
Sardoba tumani – 1 040 ta
Mirzaobod tumani – 1 014 ta
Guliston tumani – 856 ta
Yangiyer shahri – 843 ta
Sayxunobod tumani – 804 ta
Oqoltin tumani – 759 ta
Xovos tumani – 701 ta
Shirin shahri – 275 ta