11/07/2025

   Joriy yilning 11-iyul kuni viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Vazirlar Mahkamasining “Nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 405-sonli, “Respublika aholisini guruch mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 410-sonli va “Hududlarda kooperatsiyalarni tashkil etish orqali aholining daromad manbalarini koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 414-sonli qarorlari mazmuni va mohiyati boʻyicha oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Mazkur hujjatlarda nogironligi boʻlgan shaxslarga ish bilan taʼminlashda yordam va ularni ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar ajratish, sholichilik sohasiga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish nazarda tutilgan. Oʻquv mashgʻuloti davomida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.