18/07/2025

   Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-may oylarida huquq va buxgalterlik hisobi sohasidagi xizmatlar sohasida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 056,5 mlrd so‘mni tashkil etgan.

     Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 257,5 mlrd so‘mga yoki 15,4 % ga oshgan.

   Hisoblar tuzish, buxgalteriya hisobi va moliyaviy taftish (audit) sohasida xizmatlar, shuningdek, soliqqa tortish sohasidagi maslahat xizmatlari hajmi 738,2 mlrd so‘mni yoki huquq va buxgalterlik hisobi sohasidagi xizmatlar umumiy hajmining 69,9 % ini tashkil etgan.