Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-may oylarida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar hajmi 9,8 trln so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 11,9 % ga o‘sgan.
Shaxsiy yoki ijaraga olingan ko‘chmas mulkni ijaraga berish va boshqarish bo‘yicha xizmatlar ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar umumiy hajmining 94,6 % ini tashkil etgan.
Shaxsiy ko‘chmas mulkni sotib olish va sotish bo‘yicha xizmatlar ulushi 2,7 % ni, mukofot evaziga yoki shartnoma asosida ko‘rsatiladigan ko‘chmas mulkni boshqarish bo‘yicha xizmatlar ulushi 1,8 % ni, ko‘chmas mulk bo‘yicha agentliklarning yoki shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar 0,9 % ni tashkil etgan.