Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-may oylarida jami 17,4 ming nafar Italiya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 ming nafarga yoki 13,5 % ga oshgan.
Joriy yilning dastlabki besh oyida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan Italiya fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha:
sayohat – 16 410 nafar
qarindoshlarni yoʻqlash – 530 nafar
xizmat yuzasidan – 400 nafar
oʻqish – 43 nafar