22/07/2025

   Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-may oylarida jami 15,8 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Vyetnamga safar qilgan.

    Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 11,5 ming nafarga yoki 3,7 barobarga oshgan.

    Joriy yilning yanvar-may oylarida Vyetnamga borgan O‘zbekiston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:

    sayyohlik – 14 611 nafar

    qarindoshlarni yo‘qlash – 1 182 nafar

    xizmat yuzasidan – 6 nafar

    o‘qish – 2 nafar