22/07/2025

 

   Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-may oylarida jami 15,4 ming nafar Koreya Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

     Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 266 nafarga yoki 1,8 % ga oshgan.

   Joriy yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Koreya Respublikasi fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:

     sayyohlik – 11 164 nafar

     qarindoshlarni yo‘qlash – 2 097 nafar

     xizmat yuzasidan – 1 811 nafar

     o‘qish – 329 nafar