Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-may oylarida jami 65,8 ming nafar Turkiya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 23,8 ming nafarga yoki 56,6 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Turkiya fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
xizmat yuzasidan – 24 490 nafar
sayyohlik – 23 238 nafar
qarindoshlarni yo‘qlash – 17 751 nafar
tijorat – 201 nafar
o‘qish – 143 nafar
davolanish – 22 nafar