Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 9 158,2 ming tonna portlandsement ishlab chiqarilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,2 % ga o‘sgan.
So‘nggi yillarning yanvar-iyun oylarida ishlab chiqarilgan portlandsement hajmi:
2023- yil – 5 731,9 ming tonna
2024- yil – 7 745,3 ming tonna
2025- yil – 9 158,2 ming tonna