24/07/2025

   2025-yilning yanvar-iyun oylarida Sirdaryo viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda –YAHM) hajmi joriy narxlarda 14 997,1 mlrd so‘mni tashkil etdi va 2024-yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 6,3 % ga ko‘paydi.

    YAHM deflyator indeksi 2024-yilning yanvar-iyun oylari narxlariga nisbatan 111,0 % ni tashkil qildi.

    O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Sirdaryo viloyatining qo‘shgan hissasi 1,9 % ni tashkil qildi.