Joriy yilning 24-iyul kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasining 2025-yil II choragi yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati, boshqarma va hududiy statistika bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.
Kun tartibidagi masalalar doirasida boshqarma boshlig‘i U.Elmuratov Kengash yig‘ilishini ochib berib, Statistika ishlari dasturida belgilangan vazifalar bo‘yicha ijro holati, boshqarma oldiga qo‘yilgan vazifalar hamda 2025-yilning II choragida bajarilgan ishlar tahliliga to‘xtalib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari S.Yaxyayev 1-yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Shuningdek, yig‘ilishda erishilgan yutuq va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, chora-tadbirlar natijalari muhokama etilib, sarhisob qilindi.
Yig‘ilish yakunida boshqarma boshlig‘i tomonidan boshqarma va hududiy statistika bo‘limi rahbarlariga yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan masalalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan o‘zlariga tegishli hulosa chiqarib olishlarini, Statistika ishlari dasturida belgilangan vazifalar bo‘yicha ijro holati, hisobotlar qamrovi hamda kuzatuvlarni aniq va sifatli bajarilishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.