25/07/2025

   Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-may oylarida jami 71,4 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda BAAga safar qilgan.

   Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 15,7 ming nafarga yoki 28,2 % ga oshgan.

   Joriy yilning yanvar-may oylarida BAAga borgan Oʻzbekiston fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha:

   sayohat – 63 042 nafar

   qarindoshlarni yoʻqlash – 7 397 nafar

   xizmat yuzasidan – 571 nafar

   davolanish – 225 nafar

   oʻqish – 117 nafar