Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-iyul holatiga respublikamizda chet el investitsiyasi ishtirokida 16 685 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda.
Shundan 4 124 tasi qo‘shma va 12 561 tasi xorijiy korxonalardir.
Ular tarmoqlar kesimida tahlil qilinganda, eng yuqori ulushi 36,2 % - savdo sohasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ular quyidagicha:
savdo sohasida – 6 038 ta;
sanoat sohasida – 3 450 ta;
qurilish sohasida – 1 256 ta;
axborot va aloqa sohasida – 1 210 ta;
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 705 ta;
tashish va saqlash sohasida – 551 ta;
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 409 ta;
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 198 ta;
boshqa sohalarda – 2 868 ta.