Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-may oylarida jami 30,5 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Misrga safar qilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 17 ming nafarga yoki 2,2 barobarga oshgan.
Joriy yilning yanvar-may oylarida Misrga borgan Oʻzbekiston fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha:
sayohat – 27 002 nafar
qarindoshlarni yoʻqlash – 3 392 nafar
davolanish – 64 nafar
xizmat yuzasidan – 15 nafar
oʻqish – 6 nafar