25/07/2025

   Joriy yilning 25-iyul kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlarining milliy bazasi - “Lex.uz”dan olingan normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi yuzasidan videoaloqa orqali oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda, iyul oyida yangi qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlar mazmuniga qisqacha toʻxtalib oʻtildi.

   Jumladan, 2025-yil 7-iyuldagi “Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1073-son, 10-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1074-son, 10-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1075-son Qonunlari  va boshqa qonun hujjatlari to‘g‘risida gapirib oʻtildi.

   Oʻquv mashgʻuloti davomida xodimlar oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi va oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.