25/07/2025

   Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2025-yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 422,1 mln dollarga teng boʻlgan 24 355 dona yengil avtomobil import qilingan.

   Ulardan 14 356 donasi elektromobillardir.

   Oʻzbekistonga 2025-yilning 6 oyida eng koʻp yengil avtomobil yetkazib bergan davlatlar:

   Xitoy – 21 399 dona

   Koreya Respublikasi – 2 032 dona

   Hindiston – 168 dona

   Yaponiya – 145 dona

   AQSH – 145 dona

   Boshqa davlatlar – 466 dona