Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-may oylarida jami 28,5 ming nafar Hindiston fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,3 ming nafarga yoki 22,7 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan Hindiston fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:
sayohat – 17 956 nafar
xizmat yuzasidan – 7 557 nafar
oʻqish – 2 710 nafar
qarindoshlarni yoʻqlash – 253 nafar
tijorat – 10 nafar