Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025 yilning yanvar-may oylarida jami 16,6 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Tailandga safar qilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,2 ming nafarga yoki 2,3 barobarga oshgan.
Joriy yilning yanvar-may oylarida Tailandga borgan Oʻzbekiston fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:
sayohat – 14 701 nafar
qarindoshlarni yoʻqlash – 1 761 nafar
xizmat yuzasidan – 60 nafar
davolanish – 25 nafar
oʻqish – 8 nafar