Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-may oylarida jami 88,6 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Turkiyaga safar qilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 24,7 ming nafarga yoki 38,7 % ga oshgan.
Joriy yilning 5 oyida Turkiyaga borgan Oʻzbekiston fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha:
sayohat – 67 036 nafar
qarindoshlarni yoʻqlash – 18 793 nafar
davolanish – 1 252 nafar
oʻqish – 798 nafar
xizmat yuzasidan – 769 nafar