08/08/2025

   2025-yilning yanvar-iyun oylarida Sirdaryo viloyatida xizmatlar eksporti hajmi 2 160,2 ming AQSH dollarini yoki jami eksport hajmining 1,6 % ini tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 36,0 % ga koʻpaydi.

   Xizmatlar eksporti tarkibining asosiy ulushi transport (10,0 %), telekommunikatsiya, kompyuter va axborot (18,3 %), boshqa tadbirkorlik bilan bog‘liq xizmatlar (48,6 %) va boshqa xizmatlar (12,3 %) hissasiga to‘g‘ri keldi.