Joriy yilning 8-avgust kuni viloyat statistika boshqarmasida boshqarma boshligʻi oʻrinbosari S.Yaxyayev raisligida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-27-sonli Farmoni mazmuni va mohiyati yuzasidan navbatdagi oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda, hujjat bilan belgilangan statistika ishlari samaradorligini yanada oshirishning ustuvor yoʻnalishlari, milliy statistika tizimini tubdan isloh qilish, raqamli texnologiyalarni joriy etish, biznesga hisobot yukini kamaytirish, sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda statistik maʼlumotlardan foydalanish samaradorligini oshirish, kadrlar salohiyatini oshirish va milliy statistika tizimini xalqaro amaliyotga mos ravishda takomillashtirish masalalariga batafsil toʻxtalib oʻtildi.