Musobaqada viloyatdagi boshqarma va tashkilotlar xodimlari o‘zaro intellektual mahoratini sinovdan o‘tkazdi. Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham bellashuvlarda faol ishtirok etib, o‘zlarining bilim va tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyish etdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, erkaklar o‘rtasidagi qizg‘in bahslarda boshqarma xodimi Quvonchbek Azimov kuchli raqiblar orasida yuqori natija ko‘rsatib, faxrli 2-o‘rinni egalladi.
G‘olib va sovrindorlar tantanali marosimda diplom, qimmatbaho sovg‘alar hamda viloyat hokimi kubogi bilan taqdirlandi. Ushbu musobaqa nafaqat shaxmat ixlosmandlarini bir maydonga to‘pladi, balki mintaqada sog‘lom raqobat, mantiqiy fikrlash va sport ruhini yanada yuksaltirdi.