11/08/2025

   Milliy statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2025-yilning yanvar-iyun oylarida xorijga qiymati 29,9 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 130,6 ming tonna tarvuz eksport qilgan.

   Ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 52,7 ming tonnaga oshgan.

   Oʻzbekiston 2025-yilning 6 oyida eng koʻp tarvuz eksport qilgan davlatlar:

   — Rossiya – 66 ming tonna

   — Qozogʻiston – 44 ming tonna

   — Qirgʻiz R. – 19 ming tonna

   — Belarus R. – 968 tonna

   — Mongoliya – 618 tonna

   — Latviya – 76 tonna

   — Gruziya – 66 tonna

   — Polsha – 61 tonna

   — Boshqa davlatlar – 121 tonna