Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida jami 783,7 ming nafar chet el fuqarolari sayohat maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 255,1 ming nafarga yoki 48,3 % ga oshgan.
Joriy yilning 6 oyida Oʻzbekistonga sayohat maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:
Rossiya — 166,6 ming nafar;
Turkmaniston — 123,0 ming nafar;
Qozogʻiston — 77,7 ming nafar;
Qirgʻiz Respublikasi — 71,6 ming nafar;
Tojikiston — 49,1 ming nafar;
Xitoy — 39,1 ming nafar;
Turkiya — 29,3 ming nafar;
Hindiston — 22,0 ming nafar;
Italiya — 18,6 ming nafar;
Janubiy Koreya — 14,9 ming nafar;
Germaniya — 14,7 ming nafar;
AQSH — 13,2 ming nafar;
Boshqa davlatlar — 143,9 ming nafar.