15/08/2025

   Joriy yilning 15-avgust kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-27-son Farmoni va “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-75-son qarori muhokamasi boʻlib oʻtdi. Unda, statistika ishlari samaradorligini yanada oshirishning ustuvor yoʻnalishlari, raqamli texnologiyalarni joriy etish va integratsiya jarayonlarini kengaytirish orqali statistik koʻrsatkichlar koʻlamini oshirish, biznesga hisobot yukini kamaytirish, sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish va mazkur hujjatlarda qayd etilgan boshqa muhim masalalar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Oʻquv mashgʻulotining ikkinchi qismida maʼruzachi tomonidan 2024-yil 6-dekabrdan kuchga kirgan Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-931-son Qonunining mazmuni va mohiyati boʻyicha tushuntirishlar berildi.

   Oʻquv mashgʻuloti davomida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.