Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlarida respublika boʻyicha 95 275 ta nikoh holatlari qayd etilgan.
Qayd etilgan nikohlarda erkaklar va ayollarning yosh guruhlari boʻyicha taqsimlanishi quyidagicha:
Erkaklar:
20 yoshgacha – 1,4 %
20-30 yosh – 79,3 %
31-40 yosh – 13,2 %
41 yosh va undan kattalar – 6,1 %
Ayollar:
20 yoshgacha – 34,0 %
20-30 yosh – 54,2 %
31-40 yosh – 9,1 %
41 yosh va undan kattalar – 2,7 % ni tashkil etgan.