19/08/2025

   Milliy statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2025-yil yanvar–iyun oylarida respublikamizdagi barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 56,3 ming tonna uzum yetishtirilgan.

   Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 7,8 % ga oʻsgan.

   Xoʻjalik toifalari boʻyicha ularning hajmi quyidagicha:

   fermer xoʻjaliklarida – 31 ming tonna

   dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida – 24,4 ming tonna

   qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda – 0,9 ming tonna.