2025-yilning yanvar-iyun oylarida YAHMning o‘sishi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. O‘sish sur’atlari,
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,8 % (YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi – 24,2 %),
sanoatda – 105,6 % (33,6 %),
qurilishda – 116,5 % (7,4 %),
xizmatlar sohasida – 106,5 % (34,8 %) ni tashkil etdi.
Xizmatlar sohasi tarkibida o‘sish sur’atlari,
savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda 110,8 % (10,0 %),
tashish va saqlash, axborot va aloqa xizmatlarda 112,3 % (3,8 %),
boshqa xizmat tarmoqlarida 103,6 % (21,0 %) dan iborat bo‘ldi.