19/08/2025

   Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida huquq va buxgalterlik hisobi sohasidagi jami xizmatlar hajmi 2024-yilning mos davriga nisbatan 11,7 % ga yoki 308,5 mlrd soʻmga oshib, 1 390,2 mlrd soʻmni tashkil etdi.

   Shundan, hisoblar tuzish, buxgalteriya hisobi va moliyaviy taftish (audit) sohasida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 905,3 mlrd. soʻmni yoki huquq va buxgalterlik hisobi sohasidagi jami xizmatlar hajmining 65,1 % ini tashkil etdi.