Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida jami 5,8 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Qatarga safar qilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,8 ming nafarga yoki 5,7 barobarga oshgan.
Joriy yilning birinchi yarmida Qatarga safar qilgan Oʻzbekiston fuqarolari soni safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha:
sayohat – 5 029 nafar
qarindoshlarni yoʻqlash – 644 nafar
xizmat yuzasidan – 114 nafar
oʻqish – 41 nafar
davolanish – 3 nafar