21/08/2025

   Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida jami 14,8 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Koreya Respublikasiga safar qilgan.

   Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,9 ming nafarga yoki 48,7 % ga oshgan.

   Joriy yilning birinchi yarmida Koreyaga safar qilgan Oʻzbekiston fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha:

   sayohat – 10 032 nafar

   qarindoshlarni yoʻqlash – 3 041 nafar

   oʻqish – 1 557 nafar

   xizmat yuzasidan – 187 nafar

   davolanish – 25 nafar