Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida respublikada aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 35,3 trln soʻmga yetdi.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 22,1 % oʻsishni qayd etdi.
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining umumiy hajmida eng katta ulush kompyuter dasturlashtirish xizmatlariga (40,7 %) toʻgʻri kelib, ushbu xizmat turi 28,4 % ga oʻsdi.