02/09/2025

   Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekistondagi muzeylar asosiy fond eksponatlari soni 2,7 milliontani tashkil etgan.

   Bu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 129,2 mingtaga yoki 5 % ga oshgan.

   Muzeylardagi asosiy fond eksponatlari soni hududlar kesimida quyidagicha:

   Toshkent shahri – 1 255 915 ta;

   Samarqand viloyati – 239 650 ta;

   Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 197 506 ta;

   Surxondaryo viloyati – 178 080 ta;

   Fargʻona viloyati – 161 403 ta;

   Boshqa hududlar – 703 441 ta.