10/09/2025

   2025-yilning yanvar-iyun oylarida Sirdaryo viloyatida, barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 31,4 ming tonna kartoshka yetishtirildi.

   Kartoshka yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, kartoshka yetishtirishning eng katta hajmi 24,7 ming tonna dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida qayd etildi.

   Kartoshka yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Boyovut tumani (23,2 %) hissasiga to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, yuqori ulush Sayxunobod (22,4 %), Sirdaryo (14,6 %), Xovos (11,4 %), Guliston (10,6 %) va Mirzaobod (8,6 %) tumanlarida ham kartoshka yetishtirishning yuqori ko‘rsatkichlari qayd etildi.