11/09/2025

   Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga 30 ta davlatdan qiymati 35,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 11,1 ming tonna shokolad va shokolad mahsulotlari import qilingan.

   2024-yilning mos davrida import hajmi 13,4 ming tonnani, qiymati 32,9 mln AQSH dollarni tashkil etgan.

   2025-yilning 7 oyida O‘zbekistonga eng ko‘p shokolad va shokolad mahsulotlari yetkazib bergan davlatlar:

   Rossiya – 8,4 ming tonna;

   Niderlandiya – 910,9 tonna;

   Ukraina – 452,8 tonna;

   Qozog‘iston – 291,9 tonna;

   Fransiya – 227,1 tonna;

   Boshqa davlatlar – 806,7 tonna.