Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida jami 255,1 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 174,6 ming nafarga yoki 3,2 barobarga oshgan.
Joriy yilning 7 oyida O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
Afg‘oniston — 236 989 nafar
Tojikiston — 13 611 nafar
Turkmaniston — 1 939 nafar
Rossiya — 521 nafar
Turkiya — 339 nafar
Qozog‘iston — 318 nafar
Boshqa davlatlar — 1 419 nafar