16/09/2025

   Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha asosiy kapitalga 507,5 trln so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

   Shundan axborot va aloqa faoliyat turi bo‘yicha 16,7 trln so‘mni va jami investitsiyalarga  nisbatan ulushi 3,3 % ni tashkil etgan.

   Ularning asosiy qismi aloqa (jami investitsiyalarga nisbatan ulushi 2,2 %) faoliyat turiga to‘g‘ri kelmoqda.

   Ushbu ko‘rsatkich yillar kesimida quyidagicha:

   — 2016-yil  – 1,1 trln so‘m

   — 2017-yil – 1,9 trln so‘m

   — 2018-yil – 1,6 trln so‘m

   — 2019-yil – 2,7 trln so‘m

   — 2020-yil – 9 trln so‘m

   — 2021-yil – 9 trln so‘m

   — 2022-yil – 6,9 trln so‘m

   — 2023-yil – 8,8 trln so‘m

   — 2024-yil – 16,7 trln so‘m