Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 13,9 trln so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 10,5 % ga oshgan.
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida telekommunikatsiya xizmatlari ulushi 33,4 % ni egallagan.
Hududlar kesimida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi:
Toshkent shahri – 5 853,4 mlrd so‘m
Farg‘ona viloyati – 1 018 mlrd so‘m
Samarqand viloyati – 1 000,6 mlrd so‘m
Andijon viloyati – 793,8 mlrd so‘m
Toshkent viloyati – 743 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati – 720,6 mlrd so‘m
Namangan viloyati – 701,8 mlrd so‘m
Surxondaryo viloyati – 565 mlrd so‘m
Buxoro viloyati – 559,1 mlrd so‘m
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 524,9 mlrd so‘m
Xorazm viloyati – 516,1 mlrd so‘m
Navoiy viloyati – 339,5 mlrd so‘m
Jizzax viloyati – 328,9 mlrd so‘m
Sirdaryo viloyati – 255 mlrd so‘m