Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga 26 ta xorijiy davlatlardan qiymati 65,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 317,1 ming dona muzlatkich va sovitkich import qilingan.
7 oyda O‘zbekistonga eng ko‘p muzlatkich va sovitkich yetkazib bergan davlatlar:
Xitoy — 205,8 ming dona
Rossiya — 49,2 ming dona
Turkiya — 28,8 ming dona
Ukraina — 12,2 ming dona
Qozog‘iston – 11,3 ming dona
Tailand — 4,3 ming dona
Indoneziya — 1,7 ming dona
Belarus — 1,5 ming dona
Boshqa davlatlar — 2,3 ming dona